OAV: Apple to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqmoqda

OAV: Apple to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqmoqda
OAV: Apple to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqmoqda

Amerikaning Apple korporasiyasi to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini yaratish ustida ishlamoqda, deb yozadi «Daryo».

Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha ilk bosqichda bo‘lib, ayni paytda kompaniya tegishli sinovlarni o‘tkazmoqda. Apple loyihaga start bersa va yalpi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qilsa, Apple’ning to‘ldirilgan reallikli ilk ko‘zoynaklari eng ertasi bilan 2018 yilda rasman taqdim etilishi mumkin.

Oddiy linzalar o‘rniga maxsus displeylarga ega bo‘ladigan ko‘zoynak simsiz shaklda iPhone smartfoniga ulanadi. Ikkala displeyda esa tasvirlar, matnlar va boshqa vizual axborot aks etadi, deya taxmin qiladi Bloomberg.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.