Bolalarni o‘qitish uchun yaratilgan robot odamlarga hujum qildi

Bolalarni o‘qitish uchun yaratilgan robot odamlarga hujum qildi
Bolalarni o‘qitish uchun yaratilgan robot odamlarga hujum qildi

Xitoyning Shenchjen shahrida robot odamga hujum qildi. Jabrlangan shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Bu xaqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Voqea “China Hi-Tech Fair” ko‘rgazmasida sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, robot 4-12 yoshli bolalarga ta’lim berish maqsadida yaratilgan. Noma’lum sababga ko‘ra robotning faoliyat tizimida nuqsonlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, u oynali rastani sinishiga ham sabab bo‘lgan.

Robot bir nafar erkakka jarohat etkazganidan so‘ng ko‘rgazmaga kelgan odamlarga hujum qila boshladi. Oyog‘idan jarohat olgan erkak tezda shifoxonaga olib ketilgan.

Robotning bo‘yi o‘rta yoshli odamning belidan keladi. Qurilmaga emosiyalarni namoyish etuvchi grafik displey o‘rnatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.