Apple hoshiyasiz iPad chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda


Apple kompaniyasi 10,5 dyuymlik disleyga ega hoshiyasiz iPad ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Gadjet sotuvlari shu yil dekabrida boshlanadi, deb xabar qiladi «Daryo».
Aytilishicha, uskuna ekrani old panelni to‘liq egallaydi. Yangi uskuna korpusi, o‘z navbatida, 9,7-dyuymlik iPad Pro’niki bilan bir xil bo‘ladi.
Manbalarning dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, gadjet Home tugmasiga ega bo‘lmagan birinchi planshet bo‘ladi. Ammo uskuna 3,5 millimetrlik mini-jack ulagichiga ega bo‘ladi.
Yangi uskuna bir kristalli Apple A10X tizimi bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













