Realtek 10 Gbit/s tezlikni arzonlashtirdi — yangi davr boshlandi

Realtek 10 Gbit/s tezlikni arzonlashtirdi — yangi davr boshlandi
Realtek kompaniyasi 10 Gbit/s tezlikni qo‘llab-quvvatlaydigan bir nechta yangi tarmoq kontrollerlarini e’lon qildi, deb yozmoqda VGTimes. Bu chiplar yuqori tezlikdagi tarmoqlarni keng ommaga taqdim etishni maqsad qilgan.

Asosiy model — RTL8127, 10 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha bo‘lgan tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi va 2 vattdan kam energiya sarflaydi. RTL8159 modeli esa USB 3.2 Gen 2x2 orqali ishlaydi va 10 Gbit/s tezlikni taklif etadi — bu noutbuklar va sloti yo‘q qurilmalar uchun qulay.

Optik aloqa uchun RTL8127ATF modeli mavjud bo‘lib, faqat 1 vatt atrofida energiya ishlatadi.

Realtek, shuningdek, 10 Gbit/s PHY-chip ham yaratgan bo‘lib, u SFP+-RJ45 adapterlar, routerni, va kommutatorlarni arzonlashtiradi. Ilgari bu turdagi komponentlar qimmat bo‘lganligi sababli ommalashmagan edi.

Yangi kontrollerlarning narxi $50 (taxminan 4 mln so‘m) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 10 Gbit/s portga ega anakartlar yil oxirigacha taqdim etiladi, alohida adapterlar esa 4-chorakda sotuvga chiqariladi.

Mutaxassislar fikricha, bu Realtek mahsulotlari uy va ofis sharoitida 10 Gbit/s tarmoqqa o‘tishni tezlashtiradi. Ayniqsa bulutli xizmatlar va 8K video oqimlarining ommalashuvi fonida bu dolzarb bo‘lib bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.