Xaker hujumi tufayli San-Fransicko metrosi bepul ishladi


San-Fransisko shahridagi jamoat transportining (San Francisco Municipal Railway) operatorlik tizimiga juma kuni kiberhujum amalga oshirilgan. Shahar transport tashkiloti hujumdan xabar topgach, uni bir necha soat davomida bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Nosozlikni tuzatish paytida aholi shahar metrosidan bepul foydalangan.
Teravayt.uz yozishicha, kiberhujum uyushtirilgan tizimning ekranida mazkur yozuv aks ettirilgan: “Tizimga buzib kirildi. Barcha ma’lumotlar shifrlangan”. Xaker tizimni ochadigan kodni yuborish uchun shahar transport tashkilotidan moliyaviy mablag‘ talab qilib, u bilan cryptom27@yandex.com manzili bo‘yicha bog‘lanishlari so‘ragan. U shahar transport tizimining dasturi juda kuchsiz ekanligini qayd qilgan va tizimning yanada himoyalangan versiyasini undan xarid qilishlari talab qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













