Facebook ish sharoiti yaratish bo‘yicha AQShning etakchi texnologik kompaniyasi deb tan olindi


Glassdoor kadrlar servisi axborotiga ko‘ra, joriy yilda ishchilarga faoliyat yuritish uchun sharoit yaratib berish bo‘yicha birinchilik AQShning Facebook kompaniyasiga tegishlidir. U AQShning texnologik kompaniyalari orasida ishlash uchun eng yaxshi joy deb topildi, deb xabar beradi «Daryo».
O‘tgan yilgi etakchi — Airbnb uy-joy ijarasi servisi o‘z pozisiyasini yo‘qotib, texnologik kompaniyalar orasida 17-o‘ringa tushib ketdi.
Ikkinchi o‘rinni Google egalladi, professionallar ijtimoiy tarmog‘i — LinkedIn beshinchi bo‘ldi. Apple va Microsoft reytingning oxirgi — 18 va 19-pog‘onalarini egalladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













