Character.AI ilovasiga ijtimoiy lenta qo‘shildi

Character.AI ilovasiga ijtimoiy lenta qo‘shildi

Character.AI o‘z ilovasida yangi ijtimoiy lenta funksiyasini sinashni boshladi, deb TechCrunch.com xabar berdi. Yangi imkoniyat foydalanuvchilarga chatdan tashqari kontent ko‘rish va boshqalar bilan tajriba almashish imkonini beradi.

Kompaniyaga ko‘ra, “social feed” funksiyasi orqali foydalanuvchilar boshqa odamlar yoki AI qahramonlar bilan bo‘lgan qiziqarli suhbatlardan parchalarni ko‘rishlari mumkin.

Bu yangilik Character.AI’ni oddiy chat platformasidan ko‘ra ijtimoiy tajribaga ega xizmatga aylantirishga qaratilgan.

Funksiya hozircha cheklangan miqdordagi foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda, ammo yaqin oylar ichida kengroq auditoriya uchun ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.