Xiaomi 1 kunda 2 mlndan ortiq smartfonini sotib, dunyo rekordini o‘rnatdi

Xiaomi 1 kunda 2 mlndan ortiq smartfonini sotib, dunyo rekordini o‘rnatdi
Xiaomi 1 kunda 2 mlndan ortiq smartfonini sotib, dunyo rekordini o‘rnatdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 24 soat ichida eng ko‘p smartfon sotish bo‘yicha dunyo rekordini qayd etdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy tvitter akkaunti orqali xabar berilgan.

9 aprel kuni kompaniya tashkil topganiga 5 yil to‘lgani munosabati bilan Mi Fan Fest tadbiri o‘tkazildi va bu tadbir doirasida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 2,12 mln dona smartfon, 770 ming 247 dona quvvatlovchi qurilma, 208 ming dona fitnes-treker, 79 ming dona Wi-Fi-router hamda 38,6 ming dona smart-televizor jami 2,08 mlrd yuanga (355 mln dollar) sotildi.

Ma’lumot uchun, Xiaomi kompaniyasi smartfon ishlab chiqaruvchi eng yirik 5 kompaniyadan biri hisoblanadi. 2013 yilda kompaniya Google’ning sobiq ijrochi direktori Xyugo Barrani dunyo bozoriga chiqish uchun yollagan va 2015 yilda kompaniya AQSh bozoriga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.