Yaponiyada tarqalgan kompyuter virusi foydalanuvchilarning 24 million dollar pulini o‘g‘irladi


Yaponiya polisiya boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mamlakatdagi 82 mingdan ortiq kompyuterlar yangicha virus turidan zararlangan. Mazkur virus bankdagi hisob egasining ruxsatisiz boshqa hisob raqamiga pul o‘tkazib yuborish xususiyatiga ega, deb yozmoqda «RIA Novosti».
44 ming kompyuter yuzlab internet provayderlariga virusga qarshi kurashishlarini so‘rab murojaat qilgan. Yana 38 ming kompyuter esa jiddiy xavf ostida bo‘lib turibdi. Bu kompyuterlar chet eldan turib zararlangan bo‘lib chiqmoqda va natijada mahalliy polisiya Interpol bilan birgalikda surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
«O‘tgan yil mobaynida bir hisob raqamidan boshqa bir hisob raqamiga noqonuniy ravishda, internet orqali mablag‘lar o‘tkazilgani bo‘yicha 1876ta holatlar aniqlangan. Buning natijasida ko‘rilgan ziyon 2,90 mlrd ien (taxminan 24 mln dollar) tashkil qilmoqda. Bu tarixiy rekord darajasidagi mablag‘dir», deyiladi polisiya bayonotida.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













