iPhone Air taqdim etildi: 5,6 mm qalinlik, 120 Hz ekran va bitta kamera

iPhone Air taqdim etildi: 5,6 mm qalinlik, 120 Hz ekran va bitta kamera

Apple uzoq kutilgan iPhone Air modelini taqdim etdi — kompaniyaning eng yupqa smartfoni. Rozetked xabariga ko‘ra, bu model haqida mish-mishlar iPhone 16\'dan keyin paydo bo‘lgan edi va nihoyat haqiqatga aylandi. Uning qalinligi — atigi 5,6 mm, korpusi esa titan ramkali.

Smartfon 6,5 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u Ceramic Shield 2 bilan himoyalangan va 120 Hz ProMotion texnologiyasiga ega. Bu ekran ko‘zga qulay, silliq va yorqin.

Ichki qismlar ham zamonaviy: Apple bu modelda 3 nm texnologiyada ishlab chiqilgan A19 Pro chipini ishlatgan. Birinchi marta C1x modem va yangi N1 chipi (Wi-Fi va Bluetooth uchun) qo‘shilgan. Maqsad — maksimal energiya tejash.

Apple ta’kidlashicha, qurilma to‘liq ish kuni davomida ishlay oladi, ya’ni 40 soatgacha video ko‘rish mumkin. Air uchun yana MagSafe Battery Pack qaytdi — magnitli tashqi batareya.

Asosiy kamera endi faqat bitta — 48 MP, old kamera esa 18 MP, Center Stage funksiyasi bilan.

iPhone Air taqdim etildi: 5,6 mm qalinlik, 120 Hz ekran va bitta kamera

iPhone Air 19-sentabrdan sotuvga chiqadi, 256 GB xotirali versiyasi 999 dollar turadi. Siz shunday yupqa va zamonaviy telefonni tanlarmidingiz?

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.