Awake: Budilnikni o'chirish endi oson bo'lmaydi

\"Awake\" yangi uyg‘otuvchi ilovasi foydalanuvchilardan budilnikni o‘chirish uchun vazifalarni bajarishni talab qiladi, deb TechCrunch xabar berdi.
Ilovaning maqsadi — og‘ir uxlaydiganlarni real harakatga majbur qilish. Uyg‘onish uchun foydalanuvchi matematik masalalarni yechishi, telefonni silkitishi yoki turli jismoniy harakatlarni bajarishi kerak bo‘ladi.
\"Awake\" ishlab chiquvchilari bu funksiyalar orqali uyqudan chiqishni yengillashtirishni maqsad qilgan. Ilovada shaxsiy sozlash imkoniyati ham bor — foydalanuvchi qanday topshiriqlar berilishini o‘zi tanlaydi.
Ilova hozircha iOS uchun bepul yuklab olish imkonini taklif qilmoqda. Android versiyasi esa yaqin oylarda chiqarilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













