Xiaomi 4 dollarlik quloqchin chiqardi


Xiaomi kompaniyasi arzon narxdagi Piston Fresh quloqchinlarini taqdim etdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Xiaomi Piston Fresh 29 yuan turadi. Uskuna alyuminiyli korpusda taqdim etilmoqda. U besh turdagi rangda taklif etildi – qora, kumush rang, moviy, pushti rang va binafsha rang.

Yangilikda tovushni yanada toza va bir maromda eshitishga xizmat qiluvchi uchinchi avlod tizimi o‘rnatilgan.
Kabelda esa mikrofon o‘rnatilgan bo‘lib, uning yonida – kiruvchi qo‘ng‘iroqqa javob beruvchi va musiqani vaqtinchalik to‘xtatib turadigan yagona tugma joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













