NASA Saturn yo‘ldoshi Pandoraning sifatli suratini taqdim etdi


Cassini stansiyasi Pandoraning eng sifatli suratlaridan birini tushirdi. Pandora Saturnning notekis shakldagi tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib, uning F halqasiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratni NASA sayti taqdim etdi.
Surat 2016 yilning 18 dekabrida olingan. Shu kuni Cassini Pandoraga o‘z missiyasi davomidagi eng qisqa masofa — 40,5 ming kilometrga yaqinlashdi.
Curatning masshtabi pikseliga 240 metrni tashkil etadi.
Cassini-Huygens missiyasi NASA va Evropa kosmik agentligining qo‘shma loyihasidir. Undan Saturn, uning halqalari va Titanni tadqiq etish maqsadi ko‘zlangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













