Samsung iPhone’dan Galaxy’ga eSIM ko‘chirish imkonini qo‘shadi

Samsung iPhone’dan Galaxy’ga eSIM ko‘chirish imkonini qo‘shadi

Samsung yangi One UI 8.5 versiyasida iPhone’dan Galaxy’ga eSIM ko‘chirish funksiyasini joriy etadi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Bu haqda “Transfer SIM from iPhone” degan kod qatori One UI 8.5’ning sinov versiyasida topilgan. Funksiya foydalanuvchilarga eSIM’ni operator aralashuvisiz ko‘chirish imkonini beradi. Avval bu faqat Android qurilmalari o‘rtasida amalga oshar edi.

Yangi imkoniyat smartfonni birinchi sozlash jarayonida taklif etiladi — tizimda “iPhone’dan SIM ko‘chirish” bandi paydo bo‘ladi. Bu iOS’dan Android’ga o‘tish jarayonini ancha qulaylashtiradi.

Shuningdek, One UI 8.5 tarkibida Wi-Fi tizimi ham yaxshilanadi:

Real-Time Data Priority rejimi dasturlar orasida tarmoq ustuvorligini boshqaradi;

AI yordamida Wi-Fi va mobil tarmoq o‘rtasida avtomatik almashish joriy etiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.