Telegram eski Android-qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi


Whatsapp’dan so‘ng Telegram messenjeri ham Android\'ning eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi, deb yozadi Kun.uz sayti. Messenjerning yangi versiyasi Android 4.0 Ice Cream Sandwich va undan yuqori versiyadagi operasion tizim bilan ishlaydi.
Avval Telegram Android\'ning 2,2 Froyo versiyadan boshlab ishlar edi. Android 2.2 versiyasida 0,1 foiz, Android 2.3 versiyasida 1,2 foiz, Android 3.0’da esa 0,1 foizdan ham kamroq qurilmalar ishlaydi.
Telegram qo‘llab-quvvatlaydigan eng eski Apple-qurilmalaridagi operasion tizim o‘zgarmadi – iOS 6.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













