Yaponiyada dunyoda eng kichik raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Yaponiyada dunyoda eng kichik raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Yaponiyada dunyoda eng kichik raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Yaponiyaning Kagosima prefekturasidagi Utinomura koinot markazidan SS-520-4 raketa tashuvchisining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat aerokosmik agentligi (JAXA) mutaxassislari ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

Qurilma parvoz qilganidan biroz o‘tib dengizga quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi bosqichda yoqilg‘i o‘t olmagan. Avvaliga raketa uchirilishi 11 yanvarga mo‘ljallangan, biroq noqulay ob-havo tufayli qoldirilgandi.

Ma’lumot uchun, SS-520-4 orbitaga sun’iy yo‘ldoshni olib chiqishga qodir dunyoda eng kichik raketa bo‘lib, uning balandligi atigi 9,5, diametri 0,5 metr bo‘lib, og‘irligi 2,6 tonna.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.