WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi
WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

WABetaInfo’ning Twitter’ida WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb yozadi «Daryo». Endi guruhli chat ishtirokchilarining joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin bo‘ladi.

«Joylashgan o‘rnini jonli tarzda aniqlash» (Live Location Tracker) funksiyasi messenjerning Android va iOS (tegishli ravishda 2.16.399 va 2.17.3.28) versiyalariga qo‘shiladi. Uni sozlamalarga kirib yoqish mumkin bo‘ladi. Bu foydalanuvchiga guruh ishtirokchilari uchrashishga kelishgan joydan qanchalik uzoqda ekanligini aniqlash imkonini beradi. Guruh ishtirokchilaridan har qaysi biri boshqalariga uning joylashgan o‘rnini aniqlashini taqiqlab qo‘yishi ham mumkin.

Shuningdek, WhatsApp’da xabarlarni qaytarib olish va tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ladi. Ushbu funksiyalar qabul qilib oluvchi hali o‘qimagan xabarlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Xabar matni o‘zgartirilgach, qabul qilib oluvchi yangilangan variantni ko‘radi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.