Google tarjimasi har qanday quloqchinda ishlaydigan davr boshlandi

Google tarjimasi har qanday quloqchinda ishlaydigan davr boshlandi

Google o‘zining «Tarjimon» xizmatini yanada ilg‘or darajaga olib chiqdi: endi real vaqtda nutqni tarjima qilish funksiyasi istalgan simsiz quloqchinlarda ishlaydi. Bu borada Apple cheklangan imkoniyatga ega — unda bu funksiya faqat AirPods\'ning uchta modelida mavjud.

Yangi tarjimon Gemini neyron tarmog‘iga asoslangan bo‘lib, 70 dan ortiq tillarni, jumladan o‘zbek tilini ham mukammal tarzda qo‘llab-quvvatlaydi. Eng qizig‘i, sistema suhbatdagi ohang va intonatsiyani ham asrab qoladi — tarjima jonli va tabiiy eshitiladi.

Funksiya ayni paytda AQSH, Hindiston va Meksikada Android tizimida sinovdan o‘tmoqda. Kompaniyaning aytishicha, 2026 yildan boshlab u barcha Android qurilmalarida ommaviy ishga tushiriladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.