Samsung Galaxy S8 smartfonining yangi videosi paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy S8 smartfonining yangi videosi paydo bo‘ldi
Samsung Galaxy S8 smartfonining yangi videosi paydo bo‘ldi

MySmartPrice sayti va ishonchli ma’lumotlari bilan tanilgan @OnLeaks Twitter-akkaunti yurituvchilari Samsung kompaniyasining hali e’lon qilinmagan yangi mobil qurilmalari videosi bilan bo‘lishishdi, deb yozadi Kun nashri.

Videoda ikki model namoyish qilingan — Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus — shisha-metall dizaynda bajarilgan, ekran burchaklari qayrilgan, Iris skaner, USB Type-C porti, audiokirish va barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan.

Chap yonida quvvat va ovoz sozlash tugmasi joylashgan, o‘ng yonida esa - yana bir klavish (taxminlarga ko‘ra, yangi ovozli yordamchi Bixby\'ni chaqirish uchun).

Bundan avval tarqalgan mish-mishlarga qarama-qarshi o‘laroq, Samsung smartfonlarining hech biri ikki kamerali tizimga ega emas. Asosiy kamera - 12 Mp, selfi-kamera - 8 Mp bo‘lib, QHD-video yoza oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.