“Yandeks” suratdagi so‘zni tarjima qiladigan servis yaratdi

“Yandeks” suratdagi so‘zni tarjima qiladigan servis yaratdi
“Yandeks” suratdagi so‘zni tarjima qiladigan servis yaratdi

Google Translate’ga raqobatchi sifatida “Yandeks” kompaniyasi ham o‘zining suratdagi so‘zni tarjima qila oladigan servisini yaratdi, deb yozadi Kun.uz. Hozirda “Yandeks.Perevodchik” 11ta tildagi (ingliz, ispan, italyan, nemis, polyak, portugal, rus, turk, ukrain, fransuz va chex) so‘zlarni tarjima qila oladi.

Servis ikki onlayn hamda oflayn rejimda ishlaydi. Doimiy internet foydalanish imkoni bo‘lmagan vaqtda kerakli lug‘atni ko‘chirib olib, servisdan oflayn rejimda foydalanish mumkin.

Hozirda “Yandeks.Perevodchik” faqatgina iOS platformasidagi qurilmalar uchun chiqarildi. Kompaniya Android smartfonlari uchun ilova ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilishmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.