Sberbank Kandinsky 6.0 Image flagman modelini rasman taqdim etdi

Sberbank Kandinsky 6.0 Image flagman modelini rasman taqdim etdi

Sber jamoasi o'zining GigaChat sun'iy intellekt yordamchisida tasvirlarni yaratish va tahrirlash imkoniyatlarini kengaytiruvchi Kandinsky 6.0 Image flagman modelini e'lon qildi. Ushbu yangilanish foydalanuvchilarga professional darajadagi vositalardan cheklovsiz foydalanish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi model avvalgilariga qaraganda tezroq ishlaydi va murakkab so'rovlarni aniqroq tushunib, yuqori darajadagi detallarga ega suratlarni yaratadi. Uning yordamida suratlarni restavratsiya qilish, zamonaviy vizual uslublarga moslashtirish, neyrofotosessiyalar o'tkazish, kiyim va suratga olish joyini o'zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin.

Sberbank Kandinsky 6.0 Image flagman modelini rasman taqdim etdi

Kandinsky 6.0 Image modeli Mixture of Experts (MoE) deb nomlangan yangi arxitekturaga asoslangan. Bu tizim har bir so'rovni qayta ishlash uchun avtomatik ravishda eng mos keladigan «ekspert» algoritmlarni tanlab oladi.

Shuningdek, modelga o'rnatilgan qidiruv tizimi unga dolzarb mavzularda yaxshiroq natija berishga yordam beradi.

Sberbank Kandinsky 6.0 Image flagman modelini rasman taqdim etdi

Hozirda barcha yangi funksiyalar GigaChat xizmatining veb-talqinida, mobil ilovasida va messenjerlardagi botlarida ishga tushirilgan. Foydalanuvchilar retush qilish, makiyaj qo'shish va boshqa tahrirlash vositalaridan bepul foydalanishlari mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.