Cloudflare Rossiyaning "Max" ilovasini josuslik dasturi deb topdi

Cloudflare Rossiyaning "Max" ilovasini josuslik dasturi deb topdi

Cloudflare xosting-provayderi "Max" milliy messenjeriga tegishli max.ru domenini josuslik dasturi sifatida belgiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq kompaniya "Telega" ilovasiga ham shunday yorliq yopishtirgan va u App Store'dan o'chirilgan edi. Hozirda max.ru yaroqli TLS sertifikatiga ega, ilova App Store va Google Play'da mavjud.

"Max" — VK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ko'p funksiyali ilova. U xabar almashish, video va audio qo'ng'iroqlardan tashqari pul o'tkazmalari va yoshni tasdiqlash kabi xizmatlarni qo'llab-quvvatlaydi.

2026 yil 21-aprelda ilova nomi "MAKS" deb o'zgartirildi. VK buni xizmatning maksimal imkoniyatlarini aks ettirishi bilan izohladi.

2026 yil 25-aprelda messenjerga sharhlar, so'rovnomalar va tarixlar qo'shilishi xabar qilindi. 27-aprelda esa ilova orqali 100 mingdan ortiq savdo nuqtalarida xaridorlar yoshini tasdiqlash tizimi ishga tushirildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.