"SpaceX"ning "Falcon 9" raketasi 3 may kuni 45 ta sun'iy yo'ldoshni orbitaga chiqaradi

"SpaceX"ning "Falcon 9" raketasi 3 may kuni 45 ta sun'iy yo'ldoshni orbitaga chiqaradi

"SpaceX" kompaniyasi 3 may, yakshanba kuni Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan "Falcon 9" raketasini past orbitaga uchirishni rejalashtirmoqda. Bu parvoz "CAS500-2" missiyasi doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu parvoz raketa birinchi bosqichining 33-uchishi bo'ladi. Avvalroq u "NROL-87", "SARah-1", "SWOT", "Transporter" va 20 ta "Starlink" missiyalarida qatnashgan.

"SpaceX"ning "Falcon 9" raketasi 3 may kuni 45 ta sun'iy yo'ldoshni orbitaga chiqaradi

Ajralishdan so'ng, raketaning birinchi bosqichi Vandenberg kosmik bazasidagi 4-qo'nish maydonchasiga qaytib tushishi kutilmoqda.

Missiya bortida "KAI", "Argotec Srl", "Exolaunch", "Impulso.Space", "Loft-EarthDaily", "Lynk Global", "True Anomaly" va "Planet Labs" kompaniyalariga tegishli 45 ta sun'iy yo'ldosh mavjud.

"Falcon 9" — bu "SpaceX" tomonidan ishlab chiqilgan ikki bosqichli og'ir toifadagi raketa bo'lib, u kosmik parvozlar narxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan dunyodagi birinchi ko'p martalik orbital raketadir.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.