Global bozorda iQOO Z11 smartfoni taqdim etildi: narxi va texnik xususiyatlari

Global bozorda iQOO Z11 smartfoni taqdim etildi: narxi va texnik xususiyatlari

iQOO Z11 smartfoni Xitoydan tashqari bozorlarda sotuvga chiqdi. Qurilmaning 8/256 GB xotiraga ega versiyasi 410 dollar, 12/256 GB hajmli varianti esa 560 dollar etib belgilandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfon Qualcomm Snapdragon 7s Gen 4 platformasida ishlaydi. Uning eng eʼtiborli jihati 9020 mA/soat sigʻimli akkumulyator boʻlib, u 90 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Qurilma 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan boʻlib, u 2800 x 1260 piksel aniqligini va 144 Gts yangilanish tezligini taqdim etadi. Asosiy kamera 50 MP va 2 MP sensorlardan iborat, old kamera esa 32 MP aniqligida suratga oladi.

Qurilmaning oʻlchamlari 163,73 x 76,18 x 8,25 mm, ogʻirligi esa 213 grammni tashkil etadi. Qizigʻi shundaki, ushbu modelda suv va changdan himoya qiluvchi IP standarti mavjud emas.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.