Xitoy texnologiyasi: 30 TB/s tezlikka ega yangi 3D xotira arxitekturasi

Xitoy texnologiyasi: 30 TB/s tezlikka ega yangi 3D xotira arxitekturasi

Xitoyning Tsinghua Unigroup kompaniyasi Purple String nomli innovatsion 3D Near-Memory Computing (PNM) arxitekturasini taqdim etdi. Ushbu texnologiya 3D DRAM asosida yaratilgan bo‘lib, ma’lumotlarni uzatish tezligini soniyasiga 30 terabaytgacha (TB/s) yetkazish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Taqqoslash uchun, hozirgi kunda AMD va NVIDIA tomonidan foydalanilayotgan HBM3e xotirasi 1,2 TB/s tezlikka ega, NVIDIA B200 grafik protsessori esa maksimal 8 TB/s ko‘rsatkichni qayd etadi. Yangi arxitektura nafaqat tezlik, balki kechikish vaqti (latency) bo‘yicha ham sezilarli ustunlikka ega.

Processing-Near-Memory rejimi ma’lumotlarga kirish vaqtini bir necha barobar qisqartiradi. Tsinghua Unigroup mutaxassislarining ta’kidlashicha, ushbu texnologiya allaqachon tayyor va ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o‘tishga qodir.

Loyihaning eng muhim jihati shundaki, u to‘liq Xitoyning ichki ta’minot zanjiriga asoslangan. Bu esa kompaniyani g‘arb texnologiyalariga bo‘lgan qaramlikdan xalos etib, mustaqil rivojlanish imkonini beradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.