Xiaomi Smart Band 10 Pro taqdim etildi: HyperOS 3 va 21 kunlik avtonomlik

Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi flagmani Xiaomi 17 Max bilan bir qatorda Smart Band 10 Pro fitnes-bilaguzugini rasman namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, qurilma oʻz imkoniyatlari boʻyicha deyarli aqlli soatlar darajasiga yetgan. Yangi gadjet bir nechta dizayn variantlarida taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bilaguzuk aviatsiya alyuminiyidan ishlangan yupqa korpusga (9,7 mm) ega boʻlib, uning vazni bor-yoʻgʻi 21,6 grammni tashkil etadi. Qurilma 1,74 dyuymli displey bilan jihozlangan, uning maksimal yorqinligi esa 2000 nitga teng. Bu esa quyoshli kunda ham maʼlumotlarni bemalol oʻqish imkonini beradi.
Funksional jihatdan qurilma sezilarli darajada takomillashtirilgan: yurak urish tezligi (ЧСС) va qondagi kislorod miqdorini (SpO2) oʻlchovchi datchiklarning aniqligi 98,2 foizga yetkazildi. Shuningdek, yurak ritmi oʻzgaruvchanligi (HRV) monitoringi va smartfon bilan kengaytirilgan sinxronizatsiya, jumladan, Apple ekotizimi bilan integratsiya qoʻshildi.
Yana bir noodatiy yangilik — maxsus “oʻyin rejimi” boʻlib, unda bilaguzuk oʻyin holatini koʻrsatishi, muhim voqealarni eslatishi, oʻyin davomida puls va stress darajasini kuzatib, hisobotlar shakllantirishi mumkin. Qurilma HyperOS 3 boshqaruvi ostida ishlaydi va NFC moduliga ega. Maksimal avtonom ish vaqti esa 21 kunni tashkil etadi.













