FAA: Super Heavy tezlatkichi boʻlaklari xavfli hududga quladi

FAA: Super Heavy tezlatkichi boʻlaklari xavfli hududga quladi

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) Starship oʻta ogʻir raketasining 12-sinov parvozi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Regulyator maʼlumotlariga koʻra, parvoz davomida Super Heavy tezlatkichi bilan bogʻliq kutilmagan anomaliya qayd etilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, nosozlik Meksika koʻrfazi uzra amalga oshirilgan burilish bosqichida yuz bergan. Buning oqibatida ulkan tezlatkichning boʻlaklari belgilangan xavfsiz hududdan tashqaridagi “xavfli zona”ga qulagan.

Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki fuqarolarning mol-mulkiga zarar yetkazilgani haqida maʼlumotlar kelib tushmagan. SpaceX kompaniyasi va FAA mutaxassislari vaziyatni sinchkovlik bilan oʻrganmoqda.

FAA ayni damda sodir boʻlgan voqea yuzasidan tahliliy ishlarni olib bormoqda. Regulyator hodisaning aniq sabablari va xarakteri boʻyicha yakuniy xulosalarni hozircha eʼlon qilmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.