Everest cho‘qqisida bir kunda yangi rekord o‘rnatildi

Bir kunda 274 nafar alpinist Everest cho‘qqisiga chiqib, yangi rekord o‘rnatdi. Reuters xabariga ko‘ra, bu Everestga bir kun ichida eng ko‘p muvaffaqiyatli ko‘tarilish holati bo‘ldi.
Nepal ekspeditsiya operatorlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Rishi Bxandarining aytishicha, alpinistlar qulay va ochiq ob-havodan unumli foydalangan. Avvalgi rekord 2019 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda 223 alpinist cho‘qqiga chiqqan edi.
Bu yil Nepal Everestga chiqish uchun 494 ta ruxsatnoma bergan. Har bir ruxsatnoma 15 ming dollarga baholangan.
Everestga chiqish mavsumi bu yil muz qoplanishi xavfi sabab biroz kech boshlangan. Mavsum yakunigacha yuzlab alpinistlar 8848 metrlik cho‘qqini zabt etishga urinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













