Munisa Rizayeva kuyovlikka nomzodlar orasidan nega aynan Arseniyni tanladi?

Munisa Rizayeva “Shaxsiy chegara” loyihasidagi suhbati davomida shaxsiy hayotiga oid savollarga ham samimiy javob berdi.
Xonandaga: “Sizda kuyovlikka nomzodlar ko‘p bo‘lgan — boyvachcha yigitlar, nufuzli oilalar farzandlari. Nega aynan Arseniy tanlangan? U sizning mehringizni qanday qozongan?” degan savol berildi.
Munisa Rizayeva esa bu savolga o‘ylab ham o‘tirmay qisqa va samimiy javob berdi:
“Bilmadim,” — dedi u.
Shundan so‘ng suhbat davom ettirilib, xonandadan: “Siz Arseniyga juda tez rozilik bildirgandek ko‘rinasiz. Nega bu qadar tez qaror qabul qildingiz?” deb so‘raldi.
Xonanda esa bu savolga chuqurroq izoh berib, o‘zining hayotiy qarashlari haqida gapirdi:
“Men Alloh tomonidan yuboriladigan belgilarga ishonaman. U inson hayotimga aynan kerak bo‘lgan paytda kirib kelgan. Biz avvaldan uchrashib, uzoq gaplashib yoki sevishib yurmagan edik. Faqat bir marta ko‘rishganmiz. Shunda ichimdan \'Alloh, senga tavakkal qildim, nima bo‘lsa bo‘ldi\' deb rozilik bildirganman,” — deya so‘zlarini yakunladi.
Xonandaning ushbu samimiy e’tirofi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.













