SolarSquare Hindiston quyosh energiyasi bozorida 60 mln dollar jalb qilmoqda

SolarSquare Hindiston quyosh energiyasi bozorida 60 mln dollar jalb qilmoqda

Hindistonning SolarSquare startapi uy xoʻjaliklari va turar joy majmualari uchun quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha yangi investitsiya bosqichini yakunlash arafasida turibti. TechCrunch nashrining xabar berishicha, kompaniya B Capital va Lightspeed Venture Partners boshchiligidagi Series C raundida 55 milliondan 60 million dollargacha mablagʻ toʻplashni rejalashtirmoqda. Ushbu kelishuv natijasida startapning umumiy qiymati 450-500 million dollarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Mazkur investitsiya SolarSquare kompaniyasining bozor qiymati soʻnggi 18 oy ichida ikki baravardan koʻproq oshganini anglatadi. Lightspeed Venture Partners avvalroq 2024-yil dekabr oyida oʻtkazilgan Series B raundiga ham boshchilik qilgan edi. Yangi bosqichda mavjud investor Elevation Capital ham ishtirok etishi kutilmoqda. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda boʻlib, kelishuv kelasi oyda rasmiylashtirilishi mumkin.

Hindiston 2030-yilga kelib qayta tiklanadigan energiya quvvatini 500 gigavattga yetkazishni maqsad qilgan va quyosh energiyasi ushbu koʻrsatkichning yarmidan koʻpini tashkil etishi kutilmoqda. 2025-yilga kelib mamlakat Xitoy va AQSHdan keyin dunyodagi uchinchi yirik quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Hukumat tomonidan berilayotgan subsidiyalar va imtiyozlar aholi oʻrtasida quyosh panellaridan foydalanishni yanada tezlashtirmoqda.

2015-yilda tashkil etilgan SolarSquare hozirda 29 ta shaharda faoliyat yuritadi va 150 megavattdan ortiq quyosh quvvatini oʻrnatgan. Kompaniya nafaqat xususiy xonadonlar, balki Swiggy, Zepto va iD Fresh Food kabi yirik korxonalar uchun ham xizmat koʻrsatadi. Maʼlumotlarga koʻra, startapning yillik daromadi 104 million dollardan oshgan va joriy yilda turar joy sektoridagi portfelini 200 megavattga yetkazishni rejalashtirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.