7-Eleven kiberhujumga uchradi: 185 mingdan ortiq kishi maʻlumotlari oʻgʻirlandi

7-Eleven kiberhujumga uchradi: 185 mingdan ortiq kishi maʻlumotlari oʻgʻirlandi

Dunyoga mashhur 7-Eleven doʻkonlar tarmogʻi yirik kiberhujum qurboniga aylandi. Have I Been Pwned maʻlumotlar sizib chiqishini kuzatish xizmati xabariga koʻra, ushbu hodisa oqibatida 185 000 dan ortiq foydalanuvchining shaxsiy maʻlumotlari xakerlar qoʻliga oʻtgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Oʻgʻirlangan maʻlumotlar orasida mijozlarning ism-shariflari, tugʻilgan sanalari, yashash manzillari, telefon raqamlari va elektron pochta manzillari mavjud. Aprel oyida qayd etilgan ushbu buzib kirish holati ShinyHunters xakerlik guruhi tomonidan amalga oshirilganligi aytilmoqda.

Maʻlum boʻlishicha, ShinyHunters guruhi kompaniyadan tovon puli talab qilgan va aks holda maʻlumotlarni ochiq tarmoqqa chiqarib yuborish bilan tahdid qilgan. 7-Eleven axborot xavfsizligi boʻyicha direktori Jim Kastle xakerlar franshiza hujjatlari saqlanadigan ichki serverga kirishga muvaffaq boʻlganini tasdiqladi.

AQSHning Meyn va Massachusets shtatlari prokuraturalari taqdim etgan hisobotlarga koʻra, sizib chiqqan maʻlumotlar orasida ijtimoiy sugʻurta raqamlari (SSN) va haydovchilik guvohnomalari kabi oʻta maxfiy axborotlar ham boʻlishi mumkin. Hozirda kompaniya jabrlanganlarni ogohlantirish va xavfsizlik tizimini kuchaytirish choralarini koʻrmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.