Infinix yangi Xbook B15 noutbukini taqdim etdi

Infinix yangi Xbook B15 noutbukini taqdim etdi

Infinix kompaniyasi ish, oʻqish va kundalik vazifalar uchun moʻljallangan yangi Xbook B15 noutbukini namoyish etdi. Mazkur qurilma hamyonbop narx va yuqori unumdorlik muvozanatini saqlagan holda foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Noutbukning texnik asosini AMD Ryzen 7 7735HS, AMD Ryzen 5 7535HS yoki AMD Ryzen 5 7540U protsessorlari tashkil etadi. Qurilma 1920x1080 pikselli 15,6 dyuymli ekran hamda tungi vaqtda ishlash uchun qulay boʻlgan yoritiluvchi klaviatura bilan jihozlangan.

Xbook B15 modeli mobil hayot tarzi uchun mos keladi: uning vazni bor-yoʻgʻi 1,7 kg ni tashkil qiladi. 50 Wsh quvvatga ega akkumulyator 8 soatgacha avtonom ishlashni taʼminlaydi. Shuningdek, tezkor quvvatlash texnologiyasi yordamida noutbukni 20 daqiqa ichida 30 foizgacha quvvatlantirish mumkin.

Hozirda 16 GB tezkor xotira va 512 GB SSD diskka ega Xbook B15 R5-7535HS versiyasi sotuvga chiqdi. Kompaniya turli konfiguratsiyalar uchun chegirmali narxlarni eʼlon qilgan boʻlib, bu foydalanuvchilarga oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib mos modelni tanlash imkonini beradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.