Google foydalanuvchilarga smartfon tanlashda yordamlashuvchi servis yaratdi

Google foydalanuvchilarga smartfon tanlashda yordamlashuvchi servis yaratdi
Google foydalanuvchilarga smartfon tanlashda yordamlashuvchi servis yaratdi

Google kompaniyasi insonlarga Android smartfon tanlashga yordamlashuvchi Which Phone deb nomlangan servisni ishga tushirdi, deb yozadi Kun.uz.

Which Phone servisida 12ta smartfonni ishlatishdan ko‘zlangan maqsadlar ro‘yxati bor. Foydalanuvchi o‘zi uchun eng muhim hisoblangan kamida 3ta bo‘limni tanlaydi. Har bir bo‘limda foydalanuvchi bir necha savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Misol uchun, smartfondan suratga olish qanchalik muhim, gadjetning old kamerasi ko‘proq foydalaniladimi yoki asosiy kamerasi.
Google foydalanuvchilarga smartfon tanlashda yordamlashuvchi servis yaratdi

Berilgan javoblar asosida Which Phone servisi foydalanuvchining talablariga mos tushadigan bir nechta smartfonni tanlab beradi. Ro‘yxatda smartfonning surati, texnik ko‘rsatkichlari taqdim etiladi va shu sahifaning o‘zidan smartfonni sotib olish mumkin bo‘lgan saytga o‘tish mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.