Facebook 10 yil ichida birinchi marta logotipini o‘zgartirdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2005 yildan buyon ilk marta o‘zining logotipini o‘zgartirdi. Bu haqda Meduza\'ga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda. Kompaniya bu o‘zgarishni o‘zining do‘stona munosabati va ochiqligini ko‘rsatish sifatida izohlagan.
Yangi logotip dizayner Erik Olson tomonidan ishlangan. U ijtimoiy tarmoqning hozirgi logotipini yozish uchun Klavika shriftini ishlab chiqqan.
Facebook faqatgina nomi to‘liq yozilgan uzun logotipni o‘zgartirdi. Bosh sahifaning yuqori chap burchagidagi «f» harfi o‘zgarishsiz qolgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













