Saudiya Arabistonida iPhone’ning portlashi natijasida egasining oyog‘i kuyib ketdi

Saudiya Arabistonida iPhone’ning portlashi natijasida egasining oyog‘i kuyib ketdi
Saudiya Arabistonida iPhone’ning portlashi natijasida egasining oyog‘i kuyib ketdi

Saudiyalik bolaning iPhone 6 smartfoni portlab ketishi natijasida u oyog‘ining son qismida birinchi darajali kuyish bilan shifoxonaga yotqizildi, deb yozmoqda Kun.uz.

Zaruriy tibbiy muolaja bolaning sog‘lig‘iga bo‘lgan tahdidni bartaraf qildi.

Ma’lum qilinishicha, bolaning otasi Ramazon oyi arafasida unga iPhone 6 olib bergan. Sotuvchi telefonning soxta emasligiga uni ishontirgan.

Bola cho‘ntagida olib ketayotganida apparat to‘satdan portlab ketgan. Telefon parchalari undagi sport shortlarini yirtib yuborgan va tanasiga jiddiy zarar etkazgan.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy munozaralarga sabab bo‘ldi. Jumladan, bir ayol uning shu rusumdagi smartfoni, yangi bo‘lishiga qaramay, tez qizib ketishini aytdi. Yana bir kishi bu voqeani “ko‘z tegishi” bilan tushuntirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.