Mark Sukerberg va’dasini bajarmagani uchun sudga berildi

Mark Sukerberg va’dasini bajarmagani uchun sudga berildi
Mark Sukerberg va’dasini bajarmagani uchun sudga berildi

Facebook asoschisi Mark Sukerberg ko‘chmas mulk savdogari Mircha Voskerisyanga bergan va’dasini bajarmagani uchun sudga berildi. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Aytilishicha, chegirma evaziga Sukerberg biznesmenni Kremniy vodiysi kazolariga tanishtirishi kerak edi. Ular ichida savdogar yangi mijozlar qidirishni niyat qilgan edi. Advokatning ta’kidlanishicha, Sukerberg tufayli uy uchun 4.3 mln dollar berishga tayyor afrikalik shahzoda bilan shartnoma amalga oshmay qolgan.

O‘z navbatida, so‘zini tutmaganlikda ayblanayotgan boyvachchaning advokatlari bunday shahzodaning borligini shubha ostiga olmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.