Windows 10 allaqachon 67 mln kompyuterga o‘rnatildi


Microsoft kompaniyasi tomonidan chiqarilgan yangi Windows 10 operasion dasturi butun dunyo bo‘ylab 67 mln kompyuter va boshqa qurilmalarga o‘rnatildi. Bu haqda Windows Central portaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Shu asosdagi hisob-kitoblarga qaraganda, dastur chiqarilgan dastlabki kunlarda sayyora bo‘ylab har sekundda o‘rtacha 162 kishi uni o‘z uskunasiga o‘rnatgan. Yangi dasturiy ta’minotni imtiyozli olish imkonini beruvchi Windows Insider dasturi ishtirokchilarining soni o‘sha paytda 5 mln foydalanuvchini tashkil qilar edi.
Microsoft yaqin 3 yil ichida Windows 10 dasturiy ta’minoti 1 mlrd uskunaga o‘rnatilishidan umid qilmoqda. Ayni paytda uning Home, Pro, Enterprise va Education versiyalari mavjud. Windows 10 Mobile kuzda chiqadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













