76 rotorli yo‘lovchi muqobil uchar qurilma barpo etildi (foto + video)

76 rotorli yo‘lovchi muqobil uchar qurilma barpo etildi (foto + video)
O‘tgan 2016 yilda 8 ta benzinli dvigatelda yo‘lovchi multikopterini namoyish qilgan Aleks Borg navbatdagi ishlanmasini taqdim etdi. Endilikda, dron 76 ta elektr rotorlardan foydalanadi. Texnika avvalgisidan ekologiyaga zararsizroq bo‘lgan, ammo AmazingDIYProjects xodimining loyiha uchun xarajati uning foydali ekani borasida shubha uyg‘otmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.

274 kV energiyadan foydalanuvchi har bir dvigatelga rotor o‘rnatilgan. Ular qurilmaning 4 ta qanotiga bir xil taqsimlab chiqilgan. Sonning ko‘pligi sababli, dron uchayotganida shovqinli yoqimsiz tovush eshitiladi. Foydalanuvchilar uning tovushini yirik chivinlar to‘dasiga o‘xshatishgan. Modelga o‘rnatilgan 80 Multistar 4S 5.2 Ah LiPo akkumulyator 12 daqiqalik parvozni ta’minlay oladi, xolos.
76 rotorli yo‘lovchi muqobil uchar qurilma barpo etildi (foto + video)
Kopterning tannarxi ham ancha qimmat. U 10 ming dollardan oshadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.