Facebook shtab-kvartirasi yonidan shaharcha quradi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i shtab-kvartirasi yaqinidan turar-joylar majmuasidan iborat shaharcha qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Kompaniya ikki yil muqaddam Kaliforniyadagi Menlo-Park shahrida joylashgan yangi kompleksga ko‘chib o‘tdi. Uning maydoni 40 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Endilikda kompaniya ofis maydonidan tashqari inshootlarni ham kengaytirishni xohlamoqda.
Yangi binolar Menlo Science & Technology Park bog‘ida joylashadi, uning maydoni 227 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bog‘ni Facebook 2015 yili sotib olgan edi.
Oziq-ovqat do‘koni, dorixona va boshqa savdo nuqtalari 11,6 ming kvadrat metr maydonni, ofislar esa 162 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Kompaniya ikki yil muqaddam Kaliforniyadagi Menlo-Park shahrida joylashgan yangi kompleksga ko‘chib o‘tdi. Uning maydoni 40 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Endilikda kompaniya ofis maydonidan tashqari inshootlarni ham kengaytirishni xohlamoqda.
Yangi binolar Menlo Science & Technology Park bog‘ida joylashadi, uning maydoni 227 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bog‘ni Facebook 2015 yili sotib olgan edi.
Oziq-ovqat do‘koni, dorixona va boshqa savdo nuqtalari 11,6 ming kvadrat metr maydonni, ofislar esa 162 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













