«Odnoklassniki» ko‘rishlar sonini aks ettira boshladi

«Odnoklassniki» ko‘rishlar sonini aks ettira boshladi
«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i jamoasi foydalanuvchilar uchun shaxsiy postlarning soni haqidagi ma’lumotni ko‘rinarli qilib qo‘ydi. Bu xususda mazkur loyihaning blogida ma’lumot e’lon qilingan.

Har bir postning ko‘rishlar hisoblagichi o‘sha publikasiya ostida joylashgan bo‘lib, u faqat muallifgagina ko‘rinadi. Ilgari «Odnoklassniki»da guruhlar uchun hisoblagichlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular faqat guruh ma’murlarigagina ko‘rinadigan edi.

Barcha turdagi hisoblagichlar hozircha ijtimoiy tarmoqning faqat veb-versiyasidagina ko‘rinadi. Keyinchalik uning mobil versiyasida hamda iOS va Android ilovalarida ham hisoblagichlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shunga qaramasdan, statistikada barcha platformalardan kirib ko‘rishlar inobatga olingan.
«Odnoklassniki» ko‘rishlar sonini aks ettira boshladi
Foydalanuvchilarning qaydlarida faqatgina nechta ko‘rilgani aks ettiriladi. Guruhlardagi post ostidagi hisoblagichlar esa batafsilroq ma’lumotni aks ettiradi. Ya’ni, uning belgisiga sichqoncha bilan chertilgan taqdirda, yangi oynacha ochiladi va unda shu post bo‘yicha ko‘rishlar tafsiloti aks ettiriladi: ko‘rishlar, qamrov, foydalanuvchilarning jalb etilishi va hokazo.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.