Arzon iPhone 6c iPhone 6s bilan bir paytda sotuvga chiqadi

Arzon iPhone 6c iPhone 6s bilan bir paytda sotuvga chiqadi
Arzon iPhone 6c iPhone 6s bilan bir paytda sotuvga chiqadi

Apple kompaniyasi iPhone 6s smartfoni bilan birga arzon narxdagi versiya – iPhone 6c ni ham sotuvga chiqarmoqchi. Bu haqda International Business Times nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Foxconn kompaniyasi vakilining ma’lum qilishicha, yangi smartfon 5 dyuymli sensorli ekranga va 8 megapikselli kameraga ega bo‘ladi.

Bu model kompaniyaga Osiyoning rivojlanayotgan bozorlaridagi talabni qondirishga yordam beradi, negaki ushbu bozorlarda yirik displeyli apparatlar qadrlanadi.

Smartfonlar savdosi AQSh, Britaniya, Germaniya va Yaponiyada 18 sentyabrdan boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.