iPhone 8 dizayni oldingi tasvirlangan renderlarga umuman o‘xshamaydi!

iPhone 8 dizayni oldingi tasvirlangan renderlarga umuman o‘xshamaydi!
Apple’ning «yubiley» smartfoni to‘g‘risida turli taxminlar, suratlar tarqalib kelayotganidan xabaringiz bor. Lekin, Forbes nashri kolumnisti Gordon Kellining ta’kidlashicha, iPhone 8 romsiz bo‘lmaydi.

Bu da’vosiga isbot sifatida jurnalist bo‘lajak flagmanning renderlarini ko‘rsatmoqda. Ularni esa Kelliga Apple rejalari bilan yaxshi tanish bo‘lgan kompaniya – smartfonlar uchun g‘ilof va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Nodus taqdim etgan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
iPhone 8 dizayni oldingi tasvirlangan renderlarga umuman o‘xshamaydi!
Forbes jurnalisti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfonning displeyi atrofidagi rom qalinligi 4 millimetrdan kam bo‘lmaydi. Uning ekrani esa diagonaliga 5,8 dyuymga teng keladi.
iPhone 8 dizayni oldingi tasvirlangan renderlarga umuman o‘xshamaydi!
Gordon Kelli so‘zlariga ko‘ra, mana shu rasmlarda ko‘rib turganimiz – iPhone 8 modelining yakuniy dizaynidir. Joriy yilda kupertinolik gigant o‘z flagmanining shaklini o‘zgartirishga chalg‘imasdan, uning texnologik jihozlanishiga asosiy e’tiborini qaratgan, deydi u.

Shunga qaramasdan, birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadigani aynan displey bo‘lib, u old panelning 80 foizdan ko‘proq qismini egallaydi. Shuningdek, unda Touch ID o‘rnatilgan «Uyga» tugmachasi yo‘qligi ham ahamiyatlidir.

Yana bir yangilik – Apple biometrik modulni (barmoq izi skanerini) displey ostiga baribir joylashtira olmadi. Bu datchik endi iPhone 8’ning yon tomoniga ko‘chirilishi va faollashtirish tugmachasida joylashishi mumkin, deyiladi xabarda.
iPhone 8 dizayni oldingi tasvirlangan renderlarga umuman o‘xshamaydi!
Shunday bo‘lsa-da, kompaniya muhandislari qurilmaning batareyasi sig‘imini kengaytira olishdi. Bunga esa L harfi shaklidagi akkumulyator blogi joriy etilganligi hamda smartfonning ishchanligiga javob beruvchi plata hajmining kichraytirilishi orqali erishilgan.
iPhone 8 dizayni oldingi tasvirlangan renderlarga umuman o‘xshamaydi!
iPhone 8’ning tashqi portlari to‘plami esa, aftidan, avvalgilaridek qoladi. Bu flagman ham, xuddi oldingi «ajdodi» kabi, Lightning-konnektor bilan mosligini saqlaydi hamda unda quloqchin tirqishi yo‘q. Smartfon jamlanmasiga AirPods simsiz quloqchinlari ham kiritiladimi yo yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum. Biroq flagmanning narxi yaxshigina oshiriladi. Uning bazaviy modeliga 1100-1200 AQSh dollari miqdorida narx belgilanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.