Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi

Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi
Bir necha oy ilgari inqirozga yuz tutib, faoliyatiga yakun yasagan Buyuk Britaniyaning Vertu kompaniyasi shu kunlarda telefonlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda. Bu brend hashamdor va ziynatlangan qimmat telefonlari bilan nom qozongan.

Vertu ishlab chiqargan telefonlarni ko‘pchilik tutmagan. Boisi, ularning eng arzoni ham bir necha ming dollarga tushgan. Misol uchun, Vertu Signiature Touch tutish istagida bo‘lgan boyvachcha buning uchun roppa-rosa $10,000 dollarni bahridan o‘tishi kerak bo‘lgan.
Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi
Eng qizig‘i, 2014 yilda Vertu \"hamyonbop\" turkumni sotuvga chiqargan edi. Bu turkumga kiruvchi Vertu Aster $6,000 dollardan sotilgan. To‘g‘ri, bugungi smartfonlar bilan solishtirib ko‘rganda, o‘z davrida funksional jihatdan imkoniyati cheklangan bu telefonlar kimlar uchundir maqtanchoqlik yoki nufuz vositasi bo‘lgan. Biroq, bugun odamlarga haqiqiy texnologiya kerak. Tilla va kumush esa o‘z yo‘liga.
Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi
Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan Signature turkumidagi telefonlardan birini bezash uchun 18 karat oltin sarflangan hamda timsoh terisi tortilgan. U bir vaqtlar $19,000 dollardan sotilgan. Hozir esa uning auksiondagi boshlang‘ich bahosi $1,500 dollar.

Shuningdek, Vertu faoliyatini boshlaganidan tortib, shu kungacha ishlab chiqargan mahsulotlari o‘rin olgan telefonlar muzeyini ham sotuvga qo‘ymoqda. Bu jamlanmadan 105 ta dong‘i ketgan telefon modellari o‘rin olgan. Ulardan ba’zilari namuna, ba’zilari ishlab chiqarilgan modellar. Bu to‘plamning boshlang‘ich bahosi $26,000 dollar.
Vertu $20,000 dollarlik telefonini ‘arzon’ga auksionga qo‘ydi
Auksionda, shuningdek buqa ustida Vertu logotipini ko‘tarib turgan odamning bronza haykali ham sotuvga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich bahosi $1,000 dollar.

Manba: Terabayt.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.