Intel kvantli kompyuter yaratishga investisiya kiritadi

Intel kvantli kompyuter yaratishga investisiya kiritadi
Intel kvantli kompyuter yaratishga investisiya kiritadi

Intel kompaniyasi kvantli kompyuter yaratishga investisiya kiritadi. Bu haqda Niderlandiyadagi amaliy tadqiqotlar tashkiloti saytidan xabar qilindi.
Kvantli kompyuter ishlanmalari bilan yuqoridagi tashkilot bilan bir qatorda Delft texnologiya universiteti xodimlari shug‘ullanadi. Ishlanmalar yaqin 10 yil ichida davom etadi.

Oddiy kompyuterlardan farqli o‘laroq, kvantli uskunada bitlar emas, ularning kvantli muqobillari – kubitlar qo‘llanadi. Kompyuter kvant mexanikasi qonunlari asosida ishlaydi va oddiy kompyuterlarga nisbatan ancha murakkab masalalarni echishga qodir bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil avgustida D-Wave Systems kompaniyasi D-Wave 2X nomli kvantli kompyuter ishlab chiqarishini ma’lum qilgan edi. Kompaniya mutasaddilarining ta’kidlashicha, uskunaning salohiyati oddiy kompyuterlarnikidan 600 barobarga yuqoridir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.