Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi

Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi
Apple iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus 2017 yilning 2-choragida jahon miqyosida eng yaxshi sotilgan smartfon modellari orasida etakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu chorakda ikkala iPhone modeli savdosining sur’ati avvalgi chorakda etakchi bo‘lgan Samsung Galaxy S8 flagmanini 3-o‘ringa tushirib qo‘ydi.

Bu to‘g‘rida taniqli marketing tadqiqotlari kompaniyasi Strategy Analytics xabar tarqatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 yilda Apple 16,9 mln dona iPhone 7 hamda 15,1 mln dona iPhone 7 Plus sotishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada, Tim Kuk so‘nggi ayfonlarini eng yaxshi sotilgan gadjetlar qatoriga qo‘sha oldi. Apple bosh raqibi — koreyalik Samsung kompaniyasi esa hisobot davrida 10,2 mln dona Galaxy S8 smartfonidan sotishga erishgan.

Beshlikdan, shuningdek Samsung Galaxy S8+ va Xiaomi Red 4A smartfonlari o‘rin olgan. Ular 9 mln hamda 5,5 mln dona sotilgan.

Joriy yilning 2-choragida jahon miqyosida jami 360,4 mln dona mobil aloqa vositasi sotilgan. 2016 yilning shu davrida ishlab chiqaruvchilar 341,5 mln dona smartfon sotgan edilar.
Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi
2016 yilning sentyabrida taqdim qilingan iPhone 7 Plus 5.5 dyuymli, iPhone 7 esa 4.7 dyuymli Full HD ekranga ega bo‘lgan. iPhone 7 gadjeti 2 gigabaytli, iPhone 7 Plus 3 gigabaytli tezkor xotiraga ega.
Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi
Yuqori talqin bosh kamerasiga qo‘sh sensor tanlangan. Shuningdek, Apple kompaniyasi iPhone 7 va 7 Plus flagmanlarini 3.5 mm.li an’anaviy audio-tuynukdan mahrum qilgan. iPhone 7 va iPhone 7 Plus\'da yangi, A10 Fusion chipi o‘rnatilgan.

Manba: Terabayt.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.