Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi

Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi
Tayvanlik gadjetlar ishlab chiqaruvchisi ASUS brendi Zenfone 4 smartfonlari turkumini ASUS Zenfone 4 Pro flagmani bilan boyitdi.

ASUS Zenfone 4 Pro 5.5 dyuymli FHD, Super AMOLED matrisali ekranga ega bo‘lgan. Devaysda Qualcomm\'ning 64 bitli hamda 8 yadroli innovasion Snapdragon 835 prosessori o‘rnatilgani, shuningdek grafik-tasvirni Adreno 540 video-kartasi qayta ishlashi uning o‘ziga xos jihatlari sirasiga kiradi.
Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi
ASUS Zenfone 4 Pro 6 gigabaytgacha tezkor, shuningdek 128 gigabaytgacha sig‘imli doimiy xotiraga, 3,600 mA soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.
Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi
Yangi smartfonning bosh kamerasi uchun 12 MP + 16 MP sensorlar tanlangan. Ularning optik linza hajmi f/1.7 ga teng. Kamerada optik barqarorlashtirish, optik yaqinlashtirish funksiyalari mavjud. Selfilar uchun esa 8 megapikselli kamera mas’ul.
Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi
Yana bir o‘ziga xos jihati -- ASUS Zenfone 4 Pro Android 7.1.1 Nougat operasion tizimining o‘zlashtirilgan ZenUI 4.0 talqinida ishlaydi.

ASUS Zenfone 4 Pro aloqaning WiFi, 3G, LTE, Bluetooth, GPS, A GPS, GLONASS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjet sentyabrdan 599 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.
Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi
Shuningdek, kompaniya ZenFone 4 smartfonini ham taqdim qilgan. ZenFone 4 ham 5,5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) displeyga ega bo‘lgan. Faqat bu smartfonda IPS+ matrisasi tatbiq qilingan.
ZenFone 4 qo‘sh kamerali bo‘lib, bosh kamera 12 megapikselli Sony IMX362 hamda 8 megapikselli keng burchak ostida surat oluvchi yordamchi sensorga ega bo‘lgan. Old kameraga 8 megapikselli sensor tanlangan.

Apparat ta’minoti uchun talqiniga ko‘ra Qualcomm Snapdragon 660 yoki Snapdragon 630 chiplari, shuningdek 6 GB yoki 4 GB sig‘imli tezkor xotira o‘rnatilgan.

ZenFone 4 akkumulyatorining sig‘imi 3300 mA soat. Smartfon aloqaning 4G LTE Cat 12, Wi-Fi (802.11ac), NFC standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon $399 dollardan sotuvga chiqariladi.

Manba: Terabayt.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.