9 sentyabr kuni 13 dyuymli iPad Pro taqdim etiladi


9 sentyabr kuni Apple kompaniyasi yangi iPad Pro gadjeti taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqda 9to5mac portaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Aytilishicha, planshet 64 yoki 128 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. U 3 rangda chiqariladi: kumushrang, tillarang va kulrang. Unga Apple A9X prosessori o‘rnatiladibu prosessor A8Xdan 2 barobar kuchlidir.
Uskuna bilan birgalikda klaviatura i stilus ham taqdim etiladi, ammo ular alohida sotiladi.
Planshetning narxi noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, gadjetning narxi ming dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













