Apple TV App Store va Apple Music servislari bilan ishlay oladi


Apple TV qurilmasi App Store va Apple Music kabi servislaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Apple TV egalari o‘z qurilmalarini Siri ovozli yordamchi orqali boshqarishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarga Netflix, ShowTime, Hulu va HBO kabi ko‘plab mashhur seriallar joylangan servisga ulanish imkonini ham yaratdi.
Yangi Apple TV’da yaxshilangan qidiruv tizimi paydo bo‘ldi. Uning yordamida biror bir serialning aynan kerakli qismini topish mumkin bo‘ladi. bundan tashqani, aktyor, rejisser va janrlar bo‘yicha qidiruvni amalga oshirishi hamda foydalanuvchining buyrug‘iga asosan ekranga subtitrni chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













