Google millionlab smartfonlarni to‘ldirilgan reallik bilan ta’minlaydi

Google millionlab smartfonlarni to‘ldirilgan reallik bilan ta’minlaydi
Google kompaniyasi vakillari ARCore to‘ldirilgan reallik platformasini taqdim etishdi. U real hayotda virtual ob’ektlarning mavjudligi hissini beradi. Bu haqida «The Verge» nashriga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Yangi platformani oddiy Android-smartfonlarda qo‘llash mumkin. ARCore\'dan foydalanish uchun ikki kamera yoki maxsus chuqurlik datchiklari talab qilinmaydi.

To‘ldirilgan reallikda ob’ektlar kameraga olingan real tasvirga qo‘shiladi.

Google mazkur sohada birinchi yil ish olib borishi emas. Tango dasturi haqida uch yil avval ommaga ma’lum qilingan. Ushbu texnologiya maxsus qurilmalarni uch o‘lchamli xaritali chuqurlik kameralari bilan ta’minlaydi. Ularning asosida virtual ob’ektlar yaratiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.