iPhone 8: iOS interfeysi yangi flagmanni deb jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi

iPhone 8: iOS interfeysi yangi flagmanni deb jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi
Bo‘lg‘usi iPhone 8 haqidagi barcha mish-mishlar Apple iOS’ning foydalanuvchi interfeysiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritganiga ishora qilmoqda. Home tugmasi olib tashlanib, ekran tepasiga kamera va smartfon datchiklari joylashgan kesim tushirilgach, bunga ehtiyoj tug‘ildi, deb yozadi «Daryo» nashri.
iPhone 8: iOS интерфейси янги флагманни деб жиддий ўзгаришларга учрайди
iOS interfeysiga kiritiladigan ba’zi o‘zgartirishlar quyidagilar:

Dok: dok — ikonalar joylashgan quyi panel ostida Home tugmasi o‘rniga kichik «uy sohasi» bo‘ladi. Vazifalar paneli yoki dastur ichidagi ko‘pvazifalilik ekranini ochish uchun, «uy sohasi»ni ekran o‘rtasigacha kengaytirish mumkin bo‘ladi.

Ko‘pvazifalilik: ushbu interfeys dasturlarning mustaqil «kartochkalari» ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘ladi.

Holat satri: u ekran tepasidagi kesimdan boshlab ikki tomon bo‘ylab joylashgan ikki qismga bo‘linadi. Masalan, chapdagi qism vaqtni, o‘ngdagisi esa uyali tarmoq, Wi-Fi signali darajasini hamda qolgan avtonom ish vaqtini ko‘rsatadi.

Ishlab chiquvchi Stiv Troton-Smit qayta ishlangan holat satri va dok qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.